Sevgijon
Koʻngil bilan oʻynashib
Panalarda uchrashib
Muhabbatdan soʻzlashib
Yurar edik sevgijon
Qolib koʻngil dogʻida
Shirin hislar ohida
Hazillashib gohida
Yurar edik sevgijon
Qaytgim kelsa-da senga
Qaytmadim qaytolmadim
Soʻnggi soʻzlarim nega
Aytmadim aytolmadim
Yuragim qoldi senda
Muhabbat qoldi senda
Ayb sendami yo menda
Bilmadim bilolmadim
Qaytgim kelsa-da senga
Qaytmadim qaytolmadim
Soʻnggi soʻzlarim nega
Aytmadim aytolmadim
Yuragim qoldi senda
Muhabbat qoldi senda
Ayb sendami yo menda
Bilmadim bilolmadim
Kelarding koʻnglim xushlab
Qoʻllaring qoʻlim ushlab
Bilardim ketding tashlab
Sevgan edik sevgijon
Xotiralar shirindir
Oʻzing mening sirimdur
Seni sevdim bir umr
Qaytolmadik sevgijon
Qaytgim kelsa-da senga
Qaytmadim qaytolmadim
Soʻnggi soʻzlarim nega
Aytmadim aytolmadim
Yuragim qoldi senda
Muhabbat qoldi senda
Ayb sendami yo menda
Bilmadim bilolmadim