Dema-dema
Ertalabdan erinmasdan ishingga borsam,
Bozor-oʻcharlarda birga sumka koʻtarsam,
Kuni boʻyi, jonim senga, sevaman desam,
Charchamasdan uyingga men kuzatib qoʻysam.
Bilaman juda ogʻir senga,
Bir daqiqa boʻlmasa nega?
Rahming keladimi bir kun ahvolimga,
Nolimagin, yorimsan mana menga.
Dema-dema, sevgim kam dema, jonim,
Akangmasman, akajon dema, yorim.
Agar shuncha sevgim kam boʻlsa senga,
Qanday qilib yoʻl topay yuragingga?
Ertalabdan erinmasdan ishingga borsam,
Bolalar bilan urushib, qoshimni yorsam,
U-bu narsa soʻraganda yoki bilmasam,
Nahotki men nazaringdan chetda qolsam?
Bilaman juda ogʻir senga,
Bir daqiqa boʻlmasa nega?
Rahming keladimi bir kun ahvolimga,
Nolimagin, yorimsan mana menga.
Dema-dema, sevgim kam dema, jonim,
Akangmasman, akajon dema, yorim.
Agar shuncha sevgim kam boʻlsa senga,
Qanday qilib yoʻl topay yuragingga?
Ertalabdan erinmasdan ishingga borsam,
Bozor-oʻcharlarda birga sumka koʻtarsam,
Kuni boʻyi, jonim senga, sevaman desam,
Charchamasdan uyingga men kuzatib qoʻysam.
Bilaman juda ogʻir senga,
Bir daqiqa boʻlmasa nega?
Rahming keladimi bir kun ahvolimga,
Nolimagin, yorimsan mana menga.
Dema-dema, sevgim kam dema, jonim,
Akangmasman, akajon dema, yorim.
Agar shuncha sevgim kam boʻlsa senga,
Qanday qilib yoʻl topay yuragingga?
Dema-dema, sevgim kam dema, jonim,
Akangmasman, akajon dema, yorim.
Agar shuncha sevgim kam boʻlsa senga,
Qanday qilib yoʻl topay yuragingga?