Ayblama
Koʻrishlar soni:
Shrift18px
Dard yana nega qiynaydi?
Vaqt insonni nechun sinaydi?
Yigʻlama, u meni sevmadi deb oʻylama,
Balki qaytar, deb koʻp ham qiynama,
Muhabbatingni asra dilingda.
Ayblama goʻzal sevgingni,
Dardli yuragingni,
Ayblama bedor qalblarni,
Muhabbatingni.
Dard yana nega qiynaydi?
Vaqt insonni nechun sinaydi?
Izlama, sahrolardan dengizni soʻrama,
Balki aybim – sevgim, deb oʻylama,
Zulmatga aylanmasdan koʻngillar.
Ayblama goʻzal sevgingni,
Dardli yuragingni,
Ayblama bedor qalblarni,
Muhabbatingni.