Anda jonim qoldi mening
Padarimni yutib ketgan jarda jonim qoldi mening,
Qalbim torin tortib chertgan yorda jonim qoldi mening.
Qalam birlan shamshir tutgan yerda jonim qoldi mening,
Shabboblikda shabgir etgan anda jonim qoldi mening,
Anda jonim olib qolgʻon Andijonim qoldi mening.
Nodirimsan, Andijonni qalbim hargiz tark etmayin,
Habibimsan, Andijonning yodin hargiz tark etmayin,
Ilhomchimsan, Andijonni kim hargiz tark etmayin,
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening.
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening.
Bogʻishamol nasimiga kuygan dilim zor aylabon,
Riyolikni rafiq bilgan raqiblar ozor aylabon,
Diyorimda muqimlikni zamonam dushvor aylabon,
Furqatida eʼtimodim afgʻonga izhor aylabon,
Farzandini mehmon etgan Andijonim qoldi mening.
Boburingman, fatvo bergan yurtim hargiz tark etmayin,
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening.
Qay yongʻaki azm etsam, yonimda borur mehnat,
Qay sorigʻa yuzlansam, oʻtrumgʻa kelur qaygʻu,
Yuz mehnatu gʻam koʻrgan, osoyishi kam koʻrgan,
Ming dardu sitam koʻrgan mandek yana bir bormu?
Yuz mehnatu gʻam koʻrgan mandek yana bir bormu?
Osoyishi kam koʻrgan mandek yana bir bormu?
Tole yoʻqi jonimgʻa baloligʻ boʻldi,
Har ishniki ayladim, xatoligʻ boʻldi,
Oʻz yurtni qoʻyib, Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, bu ne yuz qaroligʻ boʻldi.
Yorab, netayin, bu ne yuz qaroligʻ boʻldi.