Ajab holat emasmu
Boqmas manga jonona, ajab holat emasmu?
Boʻldi yana begona, ajab holat emasmu?
Boqmas manga jonona, ajab holat emasmu?
Boʻldi yana begona, ajab holat emasmu?
Bexudligʻ-u savdo bila qildi meni mashhur,
Ul koʻzlari mastona, ajab holat emasmu?
Qil uchigʻa, ey voyki, yetmas mening ilgim,
Zulfini tutar shona, ajab holat emasmu?
Ul huri pari chehra qarab koʻz uchi birla,
Qildi meni devona, ajab holat emasmu?
Toʻygʻuncha koʻzum koʻrmas ekach tushta xayoling,
Boʻldi soʻzum afsona, ajab holat emasmu?
Bir kun meni giryon elina tushmadi hargiz,
Ul gavhari yakdona, ajab holat emasmu?
Usruk koʻzu laʼli meni oʻlturgali, Lutfiy,
Boʻlmish yeri mayxona, ajab holat emasmu?
Qil uchigʻa, ey voyki, yetmas mening ilgim,
Zulfini tutar shona, ajab holat emasmu?
Ul huri pari chehra qarab koʻz uchi birla,
Qildi meni devona, ajab holat emasmu?
Boqmas manga jonona, ajab holat emasmu?
Boʻldi yana begona, ajab holat emasmu?