Surma
Koʻrishlar soni:
Shrift18px
Aslida kim qarardi
Yotganda xor surma,
Boʻldi aziz koʻziga
Surtganda yor surma.
Koʻzda qaro na iz bul,
Tun dogʻidan asarmu,
Mayxona kezdim-u yo
Mastonavor surma.
Yor koʻziga yetishmak
Savdo ekan-ku dushvor.
Yonib koʻmir boʻlibdi
Bechora zor surma.
Oʻrtanma, kuyma ortiq
Jismim qaro ekan deb,
Ishq yoʻlida qarolik
Taqdirda bor, surma
Yor koʻziga yetishmak
Savdo ekan-ku dushvor.
Yonib koʻmir boʻlibdi
Bechora zor surma.