Enagalar
Enagalar aslida olijanobdir,
Bolani tushunmasang holing xarobdir.
Kerak boʻlsa, xizmatingizga mana tayyordir,
Biz enagalar mana, hay-hay.
Chapdan kel, ha oʻngdan kel,
Bolaga qarayverib ogʻrib ketdi bel.
Undan qoch, ha “boʻt”dan qoch,
Unutma, yolgʻonchi aslida yogʻoch.
Ishimiz shunaqa bizning enagalar,
Dard-u gʻamga biz-a, bizlar begonalar.
Bizlar bolamas, kech-kech bahonalar,
Kostyum-shimda bizlar enagalar.
Ishimiz shunaqa bizning enagalar,
Dard-u gʻamga biz-a, bizlar begonalar.
Bizlar bolamas, kech-kech bahonalar,
Kostyum-shimda bizlar enagalar.
Enagani xafa qilma, jon-jon bolakay,
Hurmatini joyiga qoʻy, jon bolakay.
Toʻpolon qilma, odobingni saqla,
Biz enagalar mana, hay-hay.
Chapdan kel, ha oʻngdan kel,
Bolaga qarayverib ogʻrib ketdi bel.
Undan qoch, ha “boʻt”dan qoch,
Unutma, yolgʻonchi aslida yogʻoch.
Ishimiz shunaqa bizning enagalar,
Dard-u gʻamga biz-a, bizlar begonalar.
Bizlar bolamas, kech-kech bahonalar,
Kostyum-shimda bizlar enagalar.
Ishimiz shunaqa bizning enagalar,
Dard-u gʻamga biz-a, bizlar begonalar.
Bizlar bolamas, kech-kech bahonalar,
Kostyum-shimda bizlar enagalar.
Chapdan kel, ha oʻngdan kel,
Bolaga qarayverib ogʻrib ketdi bel.
Undan qoch, ha “boʻt”dan qoch,
Unutma, yolgʻonchi aslida yogʻoch.
Ishimiz shunaqa bizning enagalar,
Dard-u gʻamga biz-a, bizlar begonalar.
Bizlar bolamas, kech-kech bahonalar,
Kostyum-shimda bizlar enagalar.
Ishimiz shunaqa bizning enagalar,
Dard-u gʻamga biz-a, bizlar begonalar.
Bizlar bolamas, kech-kech bahonalar,
Kostyum-shimda bizlar enagalar.