Doʻstim (Moʻmin Oripov xotirasiga)
Har kun ertalab turib,
Oʻtmishimni qoʻmsayman.
Tushimmikin yo oʻngim,
Hamon anglay olmayman.
Koʻrgim kelar har zamonda,
Hamon sogʻinch qiynaydi.
Qiyomatli doʻstim mani,
Shirin soʻzing yetmaydi.
Shu koʻyga tan beraman,
Ammo yuragim koʻnmas.
Doʻstim, seni sogʻindim,
Xayolim bir joy emas.
Dasturxon yozib ora,
Mehmonimni kutaman.
Jigarlarim jam boʻlsa ham,
Eshigimga qarayman.
Eslasam, eslasam,
Duoga qoʻl yozaman.
Doʻstim, seni unutmaymiz,
Sen ham bizni unutma.
Doʻstim, seni unutmaymiz,
Sen ham bizni unutma.
Mayli, Oʻziga shukur,
Isyon etib qoʻymayin.
Taqdir azal shu ekan,
Norizolik qilmayin.
Qolding dilda naqsh boʻlib,
Shu hol, yosh va begʻubor.
Hammaga teng mehribon,
Ming rahmatga sazovor.
Eslasam, eslasam,
Duoga qoʻl yozaman.
Doʻstim, seni unutmaymiz,
Sen ham bizni unutma.
Doʻstim, seni unutmaymiz,
Sen ham bizni unutma.