Bir boʻsa ber
Ey yuzing shavqi tanimdin oldi jon, bir boʻsa ber,
Vay labing zavqi ichimni qildi qon, bir boʻsa ber.
Ey yuzing shavqi tanimdin oldi jon, bir boʻsa ber,
Vay labing zavqi ichimni qildi qon, bir boʻsa ber.
Tobakay qahring bila nokom oʻylakim goh-gohi,
Til uchidin lutf etib ochib dahon, bir boʻsa ber.
Xastalargʻa noʻshi laʼlingdur ravo baxsh abad,
To topoy man ham hayoti jovidon bir boʻsa ber,
Bir boʻsa ber.
Gar tani bemorima bermak tilarsan noza jon,
Jon kibi koʻksim aro aylab makon, bir boʻsa ber.
Boʻsai laʼling nabotigʻa gar istarsan baho,
Mandin olib hosil-u, jon-u jahon, bir boʻsa ber.
Yoʻqsa izhor aylabon mehru-muruvvat rasmini,
Man gʻaribi bedilingga royigʻon bir boʻsa ber.
Lahza-lahza toʻtiyi taʼbimni goʻyo istasa,
Shakkaristoni labingdin har zamon bir boʻsa ber.
Oshkoro boʻsa bermakdin agar sharm aylasang,
Xilvat ichra kelib, eldin nihon bir boʻsa ber.
Ogahiy piru zaif oʻlmish chekib ishqing yukin,
Istasang oni qari-yu, navjivon, bir boʻsa ber,
Bir boʻsa ber.
Bir boʻsa ber…