Pariroʻy sanamlar
Koʻrishlar soni:
Shrift18px
Pariroʻy sanamlar
Aqlim olsalar
Armonlar yurakka
Gʻulu solsalar
Oh desam ohlarim
Yetib borsalar
Goʻzal dildorgayey
Oʻshal dildorga
Ishqing osmonida
Quzgʻunlar uchsa
Ismingni bahorlar
Guldan soʻrasa
Men emas sevgimni
Xayollar quchsa
Bu jonim halakda
Jonim halakda
Buzilib biz qilgan
Ahdu paymonlar
Koʻnglimdan suv ichib
Oʻsdi hijronlar
Meni olib ketdi
Huru gʻilmonlar
Osmonu falakka
Osmon falakka
Sen bosgan izlardan
Gulladi chaman
Samolar qalbimdan
Izladi maskan
Faqat ogʻir boʻldi
Oʻzi suymagan
Oʻshal yurakkayey
Oʻshal yurakka!
Pariroʻy sanamlar
Aqlim olsalar
Armonlar dilimga
Gʻulu solsalar
Oh desam ohlarim
Yetib borsalar
Goʻzal dildorgayey
Oʻshal dildorga
Goʻzal dildorgayey
Oʻshal dildorga