Tilga kirsa gapirar
Koʻrishlar soni:
Shrift18px
Uygʻotsangiz sher bolasin
Qafas ichra naʼra qilar
Kelolmaysiz oʻzingizga
Qalbingizni pora qilar
Balki doʻstdan kuydim der
Arzimasni suydim der
Gʻam gʻussadan toʻydim der
Tilga kirsa, gapirar
Boʻynida koʻp farzi bor
Balki katta qarzi bor
Xudoga koʻp gapi bor
Tilga kirsa, gapirar
Xudoga koʻp gapi bor
Tilga kirsa, gapirar
Qolgan boʻlsa koʻrinmay
Davralarga qoʻshilmay
Taxminlar qilmang bilmay
Tilga kirsa, gapirar
Qoʻl berib barmogʻidan
Ayrilgandur boridan
Tunlar bezor zoridan
Tilga kirsa, gapirar
Tunlar bezor zoridan
Tilga kirsa, gapirar
Yorimchi deb tinmaysiz
Hol joniga qoʻymaysiz
Dardini hal qilolmaysiz
Tilga kirsa, gapirar
Dardini hal qilolmaysiz ey
Tilga kirsa, gapirar