Onam allasi
Qoʻsh beshikda borim bolam,
Qatordagi norim bolam,
Qarchigʻayim, sorim bolam,
Nomusim ham orim bolam.
Uxla, yulduzim, alla-yo,
Orom ol, qoʻzim, alla.
Umring xazon boʻlmasin-o,
Baxting armon boʻlmasin-o,
Qomatlaring tik boʻlsin,
Tanlaganing oy boʻlsin.
Uxla, yulduzim, alla-yo,
Orom ol, qoʻzim, alla.
Uxla, jonim, alla-yo,
Orom ol, qoʻzim, alla.
Uxla, jonim, alla-yo,
Orom ol, qoʻzim, alla.
Jon ozigʻi boʻlar ekan navoda,
Qancha kuylar bordur jondan ziyoda,
Jon ozigʻi boʻlar ekan navoda,
Qancha kuylar bordur jondan ziyoda,
Lek baridan menga aziz dunyoda
Lek baridan menga aziz dunyoda
Onam allasi, onam allasi, ey onam allasi.
Vujudimda nedur yurar tinglasam,
Yuragim boshqacha urar tinglasam,
Vujudimda nedur yurar tinglasam,
Yuragim boshqacha urar tinglasam,
Jon-jonimga titroq solar tinglasam
Jon-jonimga titroq solar tinglasam
Onam allasi, onajonim allasi, onam allasi.
Allasi koʻzda yosh boʻlib qaytsa ham,
Goh berilib goho xasta aytsa ham,
Allasi koʻzda yosh boʻlib qaytsa ham,
Goh berilib goho xasta aytsa ham,
Taʼsirli pichirlab asta aytsa ham,
Taʼsirli pichirlab asta aytsa ham,
Onam allasi, onajonim allasi, onam allasi.
Alla bolam, desa ruhim dam olar,
Tanamda charchoqlar zumda yoʻqolar,
Alla bolam, desa ruhim dam olar,
Tanamda charchoqlar zumda yoʻqolar,
Jarangli, bir umr quloqda qolar,
Jarangli, bir umr quloqda qolar,
Onam allasi, onam allasi, ey onam allasi.
Sen onamdan menga qolgan zoʻr malham,
Xotirimdan ketmas, sodiqsan har dam,
Sen onamdan menga qolgan zoʻr malham,
Xotirimdan ketmas, sodiqsan har dam,
Dunyoda bor kuyga seni alishmam,
Dunyoda bor kuyga seni alishmam,
Onam allasi, onam allasi, ey onam allasi.
Jon ozigʻi boʻlar ekan navoda,
Qancha kuylar bordur jondan ziyoda,
Jon ozigʻi boʻlar ekan navoda,
Qancha kuylar bordur jondan ziyoda,
Lek baridan menga aziz dunyoda
Lek baridan menga aziz dunyoda
Onam allasi, onam allasi, onam allasi.
Uxla, jonim, alla-yo,
Orom ol, qoʻzim, alla,
Orom ol, qoʻzim, alla-yo…