Otamga oʻxsha oʻgʻlim
Inson padar deb bilgan
Odamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Oʻksik dilim qil baland –
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Inson padar deb bilgan
Odamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Oʻksik dilim qil baland –
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Doʻstu-dushman oldida
Koʻtarib qoʻygin koʻnglim,
Otam umidi sendan,
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Yaxshi-yomon kunimga
Men-ku chidadim, koʻndim,
Otamdek yet qadrimga,
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Otamdek yet qadrimga,
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Kim boʻlsang ham, halol boʻl,
Sendadir maning yoʻlim.
Qon zanjiring toza bil,
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Qon zanjiring toza bil,
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Inson padar deb bilgan
Odamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Oʻksik dilim qil baland –
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim…
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim…
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim…
Otamdek tushunmagan
Mening qalbimni hech kim,
Otamdek tushunmagan
Mening qalbimni hech kim,
Hech kimim yoʻq, bilasan,
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Hech kimim yoʻq, bilasan,
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Yaxshi niyat-la senga
Otam ismini qoʻydim,
Otamni qaytar menga –
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Otamni qaytar menga –
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Doʻstdan pand yeyaverib,
Uzilib ketdi qoʻlim.
Kul boʻldim kuyaverib,
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Nomarddan olmagin qasd,
Degin: “Xudoga soldim”.
Pastlarga ketmagin past,
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Otam niyat qilgandek
Munosib yasha, oʻgʻlim.
Yurtga tirgak boʻlgandek,
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Inson padar deb bilgan
Odamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Oʻksik dilim qil baland –
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim.
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim…
Otamga oʻxsha, oʻgʻlim…