Dekabrning oʻttiz birida
Ishqim pinhon etmadim oshkor
Asrab keldim koʻnglim sirida
Duch kelgandik sen bilan ilk bor
Dekabrning oʻttiz birida
Oʻsha kundan bu yurak hasta
Sogʻinchlaru azoblar dasta
Ketgan eding soʻz demay asta
Dekabrning oʻttiz birida
Shundan beri oromim soʻnib
Esga olsam dil ketar toʻlib
Boʻlgan ekan boʻlarim boʻlib
Dekabrning oʻttiz birida
Koʻngil derdi gulyuzidan oʻp
Yorning sendek oshiqlari koʻp
Eslaysanmi qor yoqqandi xoʻp
Dekabrning oʻttiz birida
Shundan beri oromim soʻnib
Esga olsam dil ketar toʻlib
Boʻlgan ekan boʻlarim boʻlib
Dekabrning oʻttiz birida
Yillar oʻtdi aytib alvido
Seni mendan aylablar judo
Soʻrasang jon etardim fido
Dekabrning oʻttiz birida
Sochimga oq qoʻngan payt mani
Yigirma yil sen yodlaysana
Ajib qismat uchrashdik yana
Dekabrning oʻttiz birida
Shundan beri oromim soʻnib
Esga olsam dil ketar toʻlib
Boʻlgan ekan boʻlarim boʻlib
Dekabrning oʻttiz birida
Endi men yod sen menga birov
Ulgʻayganmiz sochimiz qirov
Toʻyib boqay hech qursa birrov
Dekabrning oʻttiz birida
Shundan beri oromim soʻnib
Esga olsam dil ketar toʻlib
Boʻlgan ekan boʻlarim boʻlib
Dekabrning oʻttiz birida