Ming shukur
Alamli, orzular mendan ketadi ozorli,
Kunlarim sensiz oʻtadi yomgʻirli.
Qaygʻular bagʻrim ezib,
Ketishing sezib-sezib yashadim.
Sarsonman, barglari bevaqt toʻkilgan xazonman,
Qoʻl choʻzib, yetolmagan sargardonman.
Dardlarim ichga yutib,
Qaytishing kutib-kutib yashadim.
Ming shukur aytay takror,
Umrim etding baxtiyor,
Seni bir zumga yonimda his etsam.
Ming shukur aytay takror,
Yonimda davo ming bor,
Borimni berib, umrimni baxsh etsam.
Sensizlik, sogʻinchim meni qiynaydi yolgʻizlik,
Kun sayin meni sinaydi cheksizlik.
Duoga qoʻlim ochib,
Diydoring kutib-kutib yashadim.
Ming shukur aytay takror,
Umrim etding baxtiyor,
Seni bir zumga yonimda his etsam.
Ming shukur aytay takror,
Yonimda davo ming bor,
Borimni berib, umrimni baxsh etsam.
Ming shukur aytay takror,
Umrim etding baxtiyor,
Seni bir zumga yonimda his etsam.
Ming shukur aytay takror,
Yonimda davo ming bor,
Borimni berib, umrimni baxsh etsam.
Ming shukur...