Oʻkinch
Koʻrishlar soni:
Shrift18px
Men eslab, xayolim yetmas oʻylab,
Aylanar savol tinmay:
Nima gunohim, qani xatoyim,
Ne edi aybim?
Koʻz oldimdan hech ketmas
Oxirgi soʻzing: Bilgin,
Oʻzgalar fikri afzal, muhim deganing,
Gʻiybatli soʻzga taslim boʻlganing.
Xayolimda sen faqat qayda boʻlsam,
Xuddi kimdir isming aytar.
Bu ovoz, goʻzal soʻzlar,
Sening kulging ketmas hecham.
Yoʻq, bu yosh oʻzimni oqlash
Yoki oldingda rahm-shafqat
Uygʻotish emas,
Sensiz bu hayot menga qiziqmas.
Aniq bilaman shuni,
Yuragim endi sendan
Oʻzgani hecham chindan seva olmaydi,
Seva olmaydi, oʻylamaydi ham.
Xayolimda sen faqat qayda boʻlsam,
Xuddi kimdir isming aytar.
Bu ovoz, goʻzal soʻzlar,
Sening kulging ketmas hecham.
Bu ovoz, goʻzal soʻzlar,
Sening kulging ketmas...