Sen tomon
Yolgʻonlar yomgʻirida qolib ketgan
Gullarga oʻxshardik biz ikkimiz.
Toʻkilgan xazonlarga aylanib,
Hijronlarda yashardik biz ikkimiz.
Endi muzlagan bogʻlarni tark etar boʻldim,
Qush boʻlib parvoz etadi sen tomon qalbim.
Sen tomon uchar qalbim qanot yozib,
Sogʻinchlaring sezib, sen tomon uchar.
Sen tomon uchar qalbim qanot yozib,
Sogʻinchlaring sezib, sen tomon uchar.
Biz hech qachon yetmagan,
Hatto orzu qilmagan joylarda endi sevgimiz.
Balki shundan zor boʻlib,
Koʻngilga ozor boʻlib, oʻtardi kunlarimiz.
Endi muzlagan bogʻlarni tark etar boʻldim,
Qush boʻlib parvoz etadi sen tomon qalbim.
Sen tomon uchar qalbim qanot yozib,
Sogʻinchlaring sezib, sen tomon uchar.
Sen tomon uchar qalbim qanot yozib,
Sogʻinchlaring sezib, sen tomon uchar.
Sen tomon uchadi.
Sen tomon uchar qalbim qanot yozib,
Sogʻinchlaring sezib, sen tomon uchar.
Sen tomon uchar…