Yomgʻir
Sani man vafodor debman,
Qalbida vafo bor debman,
Koʻzlarimga tik boqmasding,
Uni man hayo bor debman.
Soʻzingda shifo bor debman,
Dardimga davo bor debman,
Bormidi manda yo qasding?
Sani man vafodor debman.
Mayda-mayda, maydalab yogʻar yomgʻir,
Yuzlarimni siypalab, yogʻar yomgʻir.
Tomchilari eslatar seni menga,
Yuragimni timdalab, yogʻar yomgʻir.
Mayda-mayda, maydalab yogʻar yomgʻir,
Yuzlarimni siypalab, yogʻar yomgʻir.
Tomchilari eslatar seni menga,
Yuragimni timdalab, yogʻar yomgʻir.
Kutmagan edim sandan hech,
Nogahon deding mandan kech,
Oʻzimda xato bor debman,
Soʻzimda xato bor debman.
Bergan vaʼdangdan kechdingmi?
Yo niqobingni yechdingmi?
Yuzingda ziyo bor debman,
Sani man vafodor debman.
Mayda-mayda, maydalab yogʻar yomgʻir,
Yuzlarimni siypalab, yogʻar yomgʻir.
Tomchilari eslatar seni menga,
Yuragimni timdalab, yogʻar yomgʻir.
Mayda-mayda, maydalab yogʻar yomgʻir,
Yuzlarimni siypalab, yogʻar yomgʻir.
Tomchilari eslatar seni menga,
Yuragimni timdalab, yogʻar yomgʻir.
Mani, yor, ado qilib ketding,
Tuzalmas xato qilib ketding,
Oʻzing oʻzgani, deya mendan
Oʻzingni judo qilib ketding.
Bagʻrimni tilib-tilib ketding,
Yuragim yulib-yulib ketding.
Oh, nega sani yor debman?
Sani man vafodor debman.
Mayda-mayda, maydalab yogʻar yomgʻir,
Yuzlarimni siypalab, yogʻar yomgʻir.
Tomchilari eslatar seni menga,
Yuragimni timdalab, yogʻar yomgʻir.
Mayda-mayda, maydalab yogʻar yomgʻir,
Yuzlarimni siypalab, yogʻar yomgʻir.
Tomchilari eslatar seni menga,
Yuragimni timdalab, yogʻar yomgʻir.