Shirin qizim
Shirin qizim, chiroyli qizim
Goʻzal qizim, hayoli qizim
Oʻziga xos dunyoli qizim
Kechir seni asray olmadim
Menga hayot tugadi qizim
Yuragim qon yutadi qizim
Yaram qachon bitadi qizim
Kechir seni asray olmadim
Orzularing samoda edi
Muhabbating navoda edi
Seni oʻlim, meni gʻam yedi
Seni oʻlim, meni gʻam yedi
Kechir seni asray olmadim
Kiyimlaring hidlab yigʻladim
Devorlarni mushtlab yigʻladim
Oh koʻngilli farishta qizim
Kechir seni asray olmadim
Qaratmading yuzimni yerga
Suyuk eding qora koʻz elga
Hamma havas qilardi senga
Kechir seni asray olmadim
Farzand dogʻin koʻrmasin hech kim
Bolam deya kuymasin hech kim
Bolam kutgin, jannatda kutgin
Kechir seni asray olmadim
Orzularing samoda edi
Muhabbating navoda edi
Seni oʻlim, meni gʻam yedi
Seni oʻlim, meni gʻam yedi
Kechir seni asray olmadim
Kiyimlaring hidlab yigʻladim
Devorlarni mushtlab yigʻladim
Oh koʻngilli farishta qizim
Kechir seni asray olmadim