Yaxshigina
Kel ey yor, vafodor, sol nazar yaxshigina,
Kelar ul kuningdan ber xabar yaxshigina.
Kel ey yor, vafodor, sol nazar yaxshigina,
Kelar ul kuningdan ber xabar yaxshigina.
Ishqingda tunlarni ulayin kunduzgacha,
Ishongil, oʻzingni dil qoʻmsar yaxshigina.
Kel ey yor, vafodor, sol nazar yaxshigina,
Kelar u kuningdan ber xabar yaxshigina.
Soʻrasam oshiqlardan manzil-u makoning,
Yigʻlabon dod-faryod soldilar yaxshigina.
Oshiqlarla yoʻl yurib duch keldim gulbogʻinga-yey,
Bayt aytib, yigʻlashib, kuylashar yaxshigina.
Bayt aytib, kuylashib, yigʻlashar yaxshigina…
Kel ey yor, vafodor, sol nazar yaxshigina,
Kelar u kuningdan ber xabar yaxshigina.
Mehribon borsang-ku, rahm ayla man qulingga,
Oʻzingga bu jonim talpinar yaxshigina.
Mehribon borsang-ku, rahm ayla man qulingga,
Oʻzingga bu jonim talpinar yaxshigina.
Oʻzingga bu jonim talpinar yaxshigina…
Kel ey yor, vafodor, sol nazar yaxshigina,
Kelar u kuningdan ber xabar yaxshigina.
Kel ey yor, vafodor, sol nazar yaxshigina,
Kelar u kuningdan ber xabar yaxshigina.