Yoʻqtur
Koʻrishlar soni:
Shrift18px
Koʻzungdek kezguchi ayyora yoʻqtur,
Qoshingtek bir pari makkora yoʻqtur.
Fusunlar birla yer gʻamzang jigarni,
Aningtek ham yana xunxora yoʻqtur.
Koʻzungdek kezguchi ayyora yoʻqtur,
Qoshingtek bir pari makkora yoʻqtur.
Fusunlar birla yer gʻamzang jigarni,
Aningtek ham yana xunxora yoʻqtur.
Seni koʻrmay oʻlarman gar yoʻluqsam,
Junundin toqati nazzora yoʻqtur.
Kichik ogʻzing gʻaminda oshiqinggʻa,
Uluq tinmoqdin oʻzga chora yoʻqtur.
Koʻngullar dardigʻa gar chora qilsang,
Meningtek dunyoda bechora yoʻqtur.
Netar lola turub yobonda muncha,
Uyotingdin agar ovora yoʻqtur.
Jafo koʻp qilmakim koʻnglung masallik,
Bu Lutfiy joni sentek xora yoʻqtur.
Koʻzungdek kezguchi ayyora yoʻqtur...