Netdi
Kecha eding yonimda,
Eng baxtiyor onimda, yodimda.
Bugun esa yomgʻirda,
Qorlar kutar oldimda, yolgʻizlikda.
Soʻrama dil “qachon u qaytadi?” deb,
Soʻrayvermagin “oʻzi u qaytadimi?” deb.
Yolgʻonlar aytar “u baribir qaytar” deb,
Yolgʻizlik aytar “u hech qachon qaytmas” deb.
U oʻzga bilan netdi, netdi, netdi?
Yurak ezilib ketdi, ketdi, ketdi.
Armon yoʻqladi faqat ketganingdan beri,
Oʻzgalar dunyosini tanlaganingdan beri.
Bugun koʻrdim olisdan,
Baxt tiladim xolisdan, ojizman.
Shirin nigohlari unga,
Achchiq alam qoldi menga, yolgʻizman.
Soʻrama dil uni “kim bilan?” deb,
Soʻrayvermagin “bunchalar baxtiyor?” deb.
U topgan inson, mayli baxtini bersin,
Tez yoʻqotganda sabr-u bardosh bersin.
U oʻzga bilan netdi, netdi, netdi?
Yurak ezilib ketdi, ketdi, ketdi.
Armon yoʻqladi faqat ketganingdan beri,
Oʻzgalar dunyosini tanlaganingdan beri.
U haqida xayollar nega meni azoblar?
U endi begona, qaytmaydi nachora.
U haqida xayollar nega meni azoblar?
U endi begona, begona, begona…
U oʻzga bilan netdi, netdi, netdi?
Yurak ezilib ketdi, ketdi, ketdi.
Armon yoʻqladi faqat ketganingdan beri,
Oʻzgalar dunyosini tanlaganingdan beri.