Osmon
Osmon, oxiri yoʻq yulduzlar,
Shu yulduzlarga qarab seni izlayman.
Bulutlar, yopmanglar koʻklarni,
Uni yulduzlardan soʻrab, tunlar yigʻlayman.
Vaqt – davo derlar har bir dardga,
Nega davo boʻla olmayapti unda menga?
Menga vaqt oʻtishi emas, menga u kerak,
U ketgan kundan beri vaqt ham toʻxtab qolganday.
Yomgʻir buncha yogʻmasang ayt, kun boʻyi?
Gulim soʻlib boʻldi, unmaydi endi.
Uni sen ham, men ham endi qaytarolmaymiz,
Faqat bir chetda eslab yigʻlaymiz.
Qara, hoʻl boʻlib yotar xazonlar,
Shu xazonlar tagida mani gulim yotar.
Kecha yam-yashil edi barglari,
Bugun sap-sariqdir ranglari.
Quyosh nur sochar edi isib turgan tanamga,
Undan koʻra sochmasmidi muzlab yotgan qalbiga.
Hayotimga qoʻshib baxtli lavhalar,
Shu kungacha koʻrar edik qancha shirin lahzalar.
Dengiz, uni bagʻringga oborolmadim,
Sani koʻrish orzusi edi, koʻrsatolmadim.
Endi hech qachon kechirolmayman oʻzimni,
Bittagina orzusin amalga oshirolmadim.
Yarim oy, yarim boʻldi koʻnglim meni,
Sen ertaga toʻlasan, toʻlmas boʻldim endi.
Sendayin nur taralib turar edi yuzlaridan,
Sogʻinib ketdim tutib yurishim qoʻllaridan.
Yomgʻir buncha yogʻmasang ayt, kun boʻyi?
Gulim soʻlib boʻldi, unmaydi endi.
Uni sen ham, men ham endi qaytarolmaymiz,
Faqat bir chetda eslab yigʻlaymiz.
Qara, hoʻl boʻlib yotar xazonlar,
Shu xazonlar tagida mani gulim yotar.
Kecha yam-yashil edi barglari,
Bugun sap-sariqdir ranglari.
Yomgʻir buncha yogʻmasang ayt, kun boʻyi?
Gulim soʻlib boʻldi, unmaydi endi.
Uni sen ham, men ham endi qaytarolmaymiz,
Faqat bir chetda eslab yigʻlaymiz.
Qara, hoʻl boʻlib yotar xazonlar,
Shu xazonlar tagida mani gulim yotar.
Kecha yam-yashil edi barglari,
Bugun sap-sariqdir ranglari.