Qanday ayt
Unutganim yoʻq hali, yodimdasan,
Tilimda yoʻqsan-u, lek dilimdasan.
Sen adashtirma mani, men sen emasman,
Sendayin oson kecha olmasman.
Mayli sogʻinma mani, sogʻinib ketdim,
Tishimni tishimga qoʻyib, indamay ketdim.
Axir birinchim eding, qiyin boʻlarkan…
Kuylarimda yoʻqsan, ancha boʻldi,
Sanga boʻlgan izhorlarim tugab boʻldi.
Sani xohladim qaytishing ortga,
Afsus battar qildim borib yoningga.
Yaradorman koʻkdagi qushday,
Qulamoqdaman ishqilib yomon tushmay.
Sendan yordam qoʻydim kutmay,
Mani tushunarding ahvoling boʻlganida menday.
Lekin sanda hammasi boshqacha,
Yuragingga sigʻadi kimsalar qancha.
Yana qanchasiga koʻngil berasan,
Oxiri baribir ajralib ketasan.
Meni esa hamon koʻnglim senda,
Sevgimizni bir oʻzim asrab yuribman-da.
Keragi yoʻq ortingga qaytma,
Faqat qandayin ayt? Indamay turma!
Qanday ayt,
Kulib-yayrab yuribsan, menga ham oʻrgat,
Men seni deb yonib-kuyib yurgan payt.
Indamay turma, axir bir soʻz ayt.
Qanday ayt,
Kulib-yayrab yuribsan, menga ham oʻrgat,
Men seni deb yonib-kuyib yurgan payt.
Indamay turma, axir bir soʻz ayt.
Koʻzlaringning aksida men boʻlay butun umr derding,
Koʻzlarimning aksida sen ketgan yoʻl qolib ketdi.
Koʻzlaringning aksida men boʻlay butun umr derding,
Koʻzlarimning aksida sen ketgan yoʻl qolib ketdi.
Unutganim yoʻq hali, qalbimdasan,
Balkim qalbimda emas, dardimdasan.
Sen alishtirding meni aytgin kimlarga?
Men alisha olmadim sani butun dunyoga.
Chunki sanda hammasi boshqacha,
Kechalaring oʻtadi oʻzgacha.
Bu yurishingda qaygacha ham borasan,
Oxiri baribir yolgʻiz qolasan.
Mening esa hamon koʻnglim senda,
Sevgimizni bir oʻzim asrab yuribman-da.
Keragi yoʻq, ortingga qaytma,
Faqat qandayin ayt? Indamay turma!
Qanday ayt,
Kulib-yayrab yuribsan, menga ham oʻrgat,
Men seni deb yonib-kuyib yurgan payt.
Indamay turma, axir bir soʻz ayt.
Qanday ayt,
Kulib-yayrab yuribsan, menga ham oʻrgat,
Men seni deb yonib-kuyib yurgan payt.
Indamay turma, axir bir soʻz ayt.
Bir soʻz ayt…