Olislardan
Seni menga berishmadi,
Baxtli boʻlsin deyishmadi,
Eshigingni qattiq yopib,
Yana kelgin deyishmadi.
Yerga qarab qaytdim uyga,
Orzularim yonib kulga
Aylanganin tushunib yetib,
Dardlarimni soldim kuyga.
Olislardan qarab turadi,
Qoʻllarini choʻzib turadi,
Lekin afsus borolmayman,
Yoʻllarimda toʻsiq turadi.
Olislardan qarab turadi,
Qoʻllarini choʻzib turadi,
Lekin afsus borolmayman,
Yoʻllarimda toʻsiq turadi.
Toʻyingga ham oz qolibdi,
Oq oʻralib, non sinibdi.
Singan – nonmas, mani qalbim,
Nega yorim tortib olishdi?
Koʻzlarida toʻla yoshlar,
Yigʻlatmanglar, bagʻri toshlar!
Asrang mendayin gulimni,
Kulib tursin koʻz-u qoshlar.
Olislardan qarab turadi,
Qoʻllarini choʻzib turadi,
Lekin afsus borolmayman,
Yoʻllarimda toʻsiq turadi.
Olislardan qarab turadi,
Qoʻllarini choʻzib turadi,
Lekin afsus borolmayman,
Yoʻllarimda toʻsiq turadi.