Qoʻgʻirchoq
Ming, million qizlar ichida tanladim seni,
Sen mening eng nafis gulimsan endi.
Qop-qora, qora koʻzlaringni,
Top-toza, toza sof mehringni,
Ber menga ishonib qoʻllaringni.
Yur, olib ketaman,
Dunyodagi eng baxtli qiz etaman,
Yuragimdasan.
Ber barmogʻingga uzuk taqayin,
Bor mehringni mendan ayamagin.
Boʻl yonimda, yiroqlab ketmagin,
Hayotimsan.
Qoʻllarida koʻzmunchoq,
Bamisoli qoʻgʻirchoq,
Qilmayman ovunchoq,
“Xoʻp” de, boʻlamiz baxtli.
Yuragimda boʻlasan,
Butun umr, koʻrasan.
Sanga qoʻshiq aytib bersam,
Manga oʻynab berasan.
Yulduzlarga qarab,
Soʻragandim yonimda boʻlishing istab
Uygʻonganimda yotsang manga qarab.
Shirin-shirin orzularimga
Erishay sen bilan birga,
Yorim boʻl, “xoʻp” de menga,
Olib ketay.
Boʻl yonimda, qalbimda,
Yaxshi-yomon kunimda yonimda boʻlsang,
Armon degani qolmas edi,
Yurak oʻt boʻlib yonmas edi,
Bahorlar yana qaytar edi hayotimga.
Qoʻllarida koʻzmunchoq,
Bamisoli qoʻgʻirchoq,
Qilmayman ovunchoq,
“Xoʻp” de, boʻlamiz baxtli.
Yuragimda boʻlasan,
Butun umr, koʻrasan.
Sanga qoʻshiq aytib bersam,
Manga oʻynab berasan.