Xumorim
Sen boʻlsang, sen bilan baxtliman,
Agarda boʻlmasang, unda man netarman?
Qorongʻu tun boʻlsang, unda tuning boʻlay,
Agarda kun boʻlsang, unda suving boʻlay.
Toʻldiray sevgimga, qalbingni mehrimga,
Eng goʻzal onlarni hadya etay men senga.
Toʻldiray mehrimga, qalbingni sevgimga,
Eng goʻzal onlarni hadya etay men senga.
Koʻzlari xumorim, kel yonimga, kelaqol,
Yuzlari oppogʻim, kelib bir umrga qol.
Gullarga bezadim sen kelar yoʻllaringni,
Shu kunni qanchalar kutganman, axir shu kunni.
Agar sen oy boʻlsang, undagi dogʻ boʻlay,
Agarda togʻ boʻlsang, ustida qor boʻlay.
Agar Shirin boʻlsang, men Farhoding boʻlay,
Yorim boʻl, seni baxtli etay.
Toʻldiray gullarga, gavhar-u, durlarga,
Bir umr birga boʻlib, yashna toʻlib nurlarga.
Toʻldiray gullarga, gavhar-u, durlarga,
Bir umr baxtli boʻlib, yashna toʻlib nurlarga.