Yangi yil
Yana qoldi oz, keladi yangi yil,
Yana qoldi biroz, kelsin omadli yil.
Hamma-hammaga tilar “Ummon” sogʻlik,
Hech kimni hech qachon qiynamasin ogʻriq.
Shimol bugʻularida 1000ga qoʻyib kelar,
Soqollari oppoq bobo – Qorbobo, faqat sovgʻalari yoʻq.
Yana oʻzimizning pullarimizga sotib olamiz sovgʻalar,
Yaqinlar, azizlar uchun, xursand boʻlsin deb ular.
Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qoʻshiq aytamiz barcha.
Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qoʻshiq aytamiz barcha.
Ota-onamizga tilab uzoq umr,
Har yili birga kutaylik yangi yil.
Yangi yil bilan birga kelsin omad,
Shu yili birdan boʻlib ketay badavlat.
Boʻlib ketay badavlat…
Boʻlib ketay badavlat…
Boʻlib ketay badavlat…
Boʻlib ketay badavlat…
Ey Qorbobo, bormi sovgʻalar bizga ham, bobo?
Yoʻq? Nega yoʻq? Bering bitta dona archam uchun oʻyinchoq.
Hamma-hammaning kayfiyati zoʻr, dasturxonimiz moʻlu-koʻl,
Hammaga bayram boʻlsin muborak, endi qorboboni chaqirish kerak.
Qorbobo… Qorbobo… Qorbobo… Qorbobo…
Salom-salom bolajonlar, aka-uka, opa-singil, jonajonlar,
Koʻrishganimizdan xursandman, sizlarga sovgʻalar olib kelganman.
Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qoʻshiq aytamiz barcha.
Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qoʻshiq aytamiz barcha.
Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qoʻshiq aytamiz barcha.
Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qoʻshiq aytamiz barcha.
Qorbobo… Qorbobo…