Jon qizlar
Koʻrishlar soni:
Shrift18px
Paxtazorda dur terarsiz, dur oʻzingiz, jon qizlar,
Oq oltinning xirmonida gul oʻzingiz, jon qizlar,
Oq oltindan osmonoʻpar xirmon etib, jon qizlar,
Paxtazordan Oyga boshlang, yoʻl oʻzingiz, jon qizlar.
Jon qizlar, jon qizlar.
Barcha ellar jononlari sizdan saboq olishsin,
Oʻzbek qizin qudratiga barcha qoyil qolishsin,
Vatanimiz koʻksingizga yulduz taqib qoʻyganda
Yerda Oy-u yulduz koʻrib, hayrat ichra qolishsin.