Figʻonkim
Figʻonkim gardishi davron ayirdi oʻz diyorimdan,
Gʻamim koʻp, ey koʻngul san bexabarsan, ohu-zorimdan.
Bu borim ishq vodiysi, babarboddur bu zaqqum,
Biyobonlarda Majnun toʻtiyo izlab gʻuborimdan.
Biyobonlarda Majnun toʻtiyo izlab gʻuborimdan.
Qizil qondur sirishkim zaʼfarondur chehrai holim,
Qizil qondur sirishkim zaʼfarondur chehrai holim,
Meni kim koʻrsa, tark etmas xazon birla bahorimdan.
Muhabbat dardida oʻlsam, oʻtib umrim ado boʻlgʻay,
Muhabbat dardida oʻlsam, oʻtib umrim ado boʻlgʻay,
Qamishlar oʻrniga mehrigiyo ungay mozorimdan.
Qamishlar oʻrniga mehrigiyo ungay mozorimdan.
Adashgan kimsadek Furqat, qayon borgum bilolmasman,
Qachon boʻlgʻaykim topgʻayman xabar yor oʻz diyorimdan.
Qachon boʻlgʻaykim topgʻayman xabar yor oʻz diyorimdan.
Qachon boʻlgʻaykim topgʻayman xabar yor oʻz diyorimdan…