Gar kaklik oldirsa
Gar kaklik oldirsa joʻja bolasin,
Gar kaklik oldirsa joʻja bolasin,
Sayray-sayray izlamasdan boʻlarmu?
Gar bulbul yoʻqotsa gulu lolasin,
Gar bulbul yoʻqotsa gulu lolasin,
Hasratinda boʻzlamasdan boʻlarmu?
Toʻka-toʻka koʻz yoshining bulogʻin,
Har kim izlar yoʻqotsa gar bir yoshin,
Toʻka-toʻka koʻz yoshining bulogʻin,
Har kim izlar yoʻqotsa gar bir yoshin,
Oq jayron oldirsa qoʻldan ulogʻin,
Oq jayron oldirsa qoʻldan ulogʻin,
Maʼray-maʼray izlamasdan boʻlarmu?
Oq jayron oldirsa qoʻldan ulogʻin,
Maʼray-maʼray izlamasdan boʻlarmu?
Ayroliqqa odam oʻgʻli naylasin,
Kim qolar koʻrmayin ajal hiylasin?
Ayroliqqa odam oʻgʻli naylasin,
Kim qolar koʻrmayin ajal hiylasin?
Maxtumquli, hayvonlar bilsa bolasin,
Maxtumquli, hayvonlar bilsa bolasin,
Inson bagʻrin tuzlamasdan boʻlarmu?
Maxtumquli, hayvonlar bilsa jigarin,
Inson bagʻrin tuzlamasdan boʻlarmu?
Inson bagʻrin tuzlamasdan boʻlarmu?