Nasibam
Qayda ekan mani Nasibam,
Osmondamu, yerdamu, qayda?
Qayda ekan mani Nasibam,
Osmondamu, yerdamu, qayda?
Toparmanmi dunyo aylansam
Yo pinhonmi nomaʼlum joyda?
Toparmanmi dunyo aylansam
Yo pinhonmi nomaʼlum joyda?
Qayda ekan mani Nasibam,
Dengizdamu yoki daryoda?
Qayda ekan mani Nasibam,
Dengizdamu yoki daryoda?
Toparmanmu yaylov aylansam
Yo togʻ qizi – goʻzal barnoda?
Toparmanmu yaylov aylansam
Yo togʻ qizi – goʻzal barnoda?
Qayda ekan mani Nasibam,
Yer qaʼriga quloq tutaymu?
Qoʻlga olib qogʻoz va qalam,
Nasibamga doston bitaymu?
Qayda ekan mani Nasibam,
Dengizdamu yoki daryoda?
Qayda ekan mani Nasibam,
Dengizdamu yoki daryoda?
Toparmanmu yaylov aylansam
Yo togʻ qizi – goʻzal barnoda?
U yurtimning taqdiri bilan
Mening umrim qoʻshilgan joyda.
U yurtimning taqdiri bilan
Mening umrim qoʻshilgan joyda.