Oshiq boʻling
Koʻrishlar soni:
Shrift18px
Hol soʻrab kelmang yonimga, avvalo oshiq boʻling,
Yoqmang oʻt jonu tanimga, avvalo oshiq boʻling.
Oshiq boʻling, oshiq boʻling, oshiq boʻling.
Ishqsiz odamga dardim soʻylasam ne foydadur,
Dardimi bilmoqchilar, kimgadur oshiq boʻling.
Oshiq boʻling, oshiq boʻling, oshiq boʻling.
Ishqsiz bedardlarni koʻrgali yoʻq toqatim,
Yoqmasa, maʼzur tuting bu holatim, oshiq boʻling.
Dardsizlik dardidan saqla mani taqdir, yor,
Umr oʻtib qartaymayin, topib nigor, oshiq boʻling.
Umr oʻtib qartaymayin, topib nigor, oshiq boʻling.
Gar eshik ochsa kulib sizlarga ham ishq maktabi,
Bosh qoʻyib ostonasiga, men kabi oshiq boʻling.
Oshiq boʻling, oshiq boʻling, oshiq boʻling.
Oshiq boʻling, oshiq boʻling...