Majnuntol
Suv boʻyida majnuntol, soch yozgan suluv misol,
Tushirganmu uzugin, termulib surar xayol.

Oʻltirdim soyasida, bagʻrida poyasida,
Oʻltirdim soyasida, bagʻrida poyasida,
Ishq daftarin oʻqidim, suvning hikoyasida.
Suv boʻyida majnuntol, soch yozgan suluv misol,
Tushirganmu uzugin, termulib surar xayol.
Sogʻintirsa yuragim, visol boʻldi tilagim,

Qachon kelar yonimga-yey dilginamni keragim.

Intizorligim bilsa, unga zorligim bilsa,
Majnuntoldek kutishga man bezorligim bilsa.
Hech ketmasman yiroqqa, chidolmasman firoqqa,
Majnuntoldek kutarman-ey, kelmaguncha biz yoqqa.
Majnuntoldek kutarman-ey, kelmaguncha biz yoqqa.
Suv boʻyida majnuntol, soch yozgan suluv misol,
Tushirganmu uzugin, termulib surar xayol.
Tushirganmu uzugin, termulib surar xayol.
Termulib surar xayol…
Termulib surar xayol…