Oʻynab-oʻynab
Oʻynab-oʻynab, oʻynab-oʻynab qiyo boqib,
Oshiqlarin, maʼshuqlarin oʻtga yoqib,
Oʻynab-oʻynab, oʻynab-oʻynab qiyo boqib,
Oshiqlarin, maʼshuqlarin oʻtga yoqib,
Qalbimizda, dilimizda zavq uygʻotib,
Nozi birla, sozi birla yor oʻrtanib.
Qalbimizda, dilimizda zavq uygʻotib,
Nozi birla, sozi birla yor oʻrtanib.
Sozlar chalay navosiga,
Dardimni ul davosiga,
Sozlar chalay navosiga,
Dardimni ul davosiga,
Oʻynab kelib qiyo boqsin-a
Oshigʻi mubtalosiga.
Oʻynab kelib qiyo boqsin-a
Oshigʻi mubtalosiga.
Oʻynab-oʻynab, oʻynab-oʻynab qiyo boqib,
Oshiqlarin, maʼshuqlarin oʻtga yoqib,
Oʻynab-oʻynab, oʻynab-oʻynab qiyo boqib,
Oshiqlarin, maʼshuqlarin oʻtga yoqib,
Qalbimizda, dilimizda zavq uygʻotib,
Nozi birla, sozi birla yor oʻrtanib.
Qalbimizda, dilimizda zavq uygʻotib,
Nozi birla, sozi birla yor oʻrtanib.
Qizil gullar havas qilar,
Nozaninlar hasad qilar,
Qizil gullar havas qilar,
Nozaninlar hasad qilar,
Qalblar u tomon intilar,
Qarang parizod oʻrtanib.
Qalblar u tomon intilar,
Qarang parizod oʻrtanib.
Oʻynab-oʻynab, oʻynab-oʻynab qiyo boqib,
Oshiqlarin, maʼshuqlarin oʻtga yoqib,
Oʻynab-oʻynab, oʻynab-oʻynab qiyo boqib,
Oshiqlarin, maʼshuqlarin oʻtga yoqib,
Qalbimizda, dilimizda zavq uygʻotib,
Nozi birla, sozi birla yor oʻrtanib.
Qalbimizda, dilimizda zavq uygʻotib,
Nozi birla, sozi birla yor oʻrtanib.
Yor oʻrtanib...
Yor oʻrtanib...
Yor oʻrtanib...
Yor oʻrtanib...