Yetolmay qomatim
Yetolmay qomatim yor, necha oykim hilolingga,
Qaro koʻz mardumi yigʻlab, tikilmoq birla xolingga.
Qachon ul totli kun kelgay, yetarman lahza bolingga,
Qachon boʻlgʻay musharraf, boʻlgʻamen jono jamolingga,
Qutulgʻaymen firoqingdan, yetishgayman visolingga.
Qutulgʻaymen firoqingdan, yetishgayman visolingga.
Qaro boʻldi ne tongkim roʻzgʻorim ul qaro koʻzdan,
Qaro oʻq otdi kipriklar, koʻngulda yora ul koʻzdan.
Oʻzim sobitman, ishqida sayyora, ul qaro koʻzdan,
Koʻz ochqil boqqalikim boʻlmishman bechora ul koʻzdan,
Lab ochgʻil soʻrgʻalikim, tashna boʻlmishman zilolingga.
Lab ochgʻil soʻrgʻalikim, tashna boʻlmishman zilolingga.
Salomim yetkur, ey xurshid, nigorim koʻyidan oʻtsang,
Salomim yetkur, ey xurshid, nigorim koʻyidan oʻtsang,
Boʻl ogohkim, ajab ermas ani koʻrgach kuyib ketsang,
Boʻl ogohkim, ani koʻrgach, yuzin koʻrgach kuyib ketsang.
Asiri bandi zulfingman, demam Erkin ozodkim,
Kuyibman dogʻu joningdan, emasman tarki bedoding.
Mani band et, manga jabr et, hayotim mayli barbod et,
Umidim borki Boburdan, yetishgʻayman visolingga.
Umidim borki Boburdan, yetishgʻayman visolingga.